SCHOOL 21 QOIDALARI

Читать на русском языке

SARALASH INTENSIVI VA ASOSIY TA’LIM ISHTIROKCHILARI UCHUN

Men “SHKOLA 21” NTMdagi dasturlashni o‘qitishning eksperimental metodikasini rivojlantirish Loyihasida (bundan keyin - Loyiha) ishtirok etish davrida ushbu sanab o‘tilgan barcha qoidalarga roziman va ularga rioya qilishga va’da beraman.
• Ushbu ”SHKOLA 21” NTMning (bundan keyin - School 21) odob-axloq qoidalari Loyiha Ishtirokchilarining odob-axloq tamoyillari va me’yorlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
• Qoidalarni joriy etishdan maqsad School 21da sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, School 21ga tegishli mol-mulkning daxlsizligini ta’minlash imkonini yaratishdir.
• Ushbu qoidalarda belgilangan talablar Ishtirokchilar uchun School 21 hududida majburiydir.

⭐ Peer-to-peer – barcha savollarga javob, yordam, qo‘llab-quvvatlash va o‘rganish uchun asos hisoblanadi;
⭐ Tanishlar orttiring, o‘zingizni namoyon eting, yangi mustahkam munosabatlarni o‘rnating;
⭐ Yodda tuting – shartlar hamma uchun teng, istisnolar mavjud emas;
⭐ Qiyinchiliklar va umidsizlikka duch kelishga doimo tayyor turing;
⭐ Jamoaning halol va faol a’zosi bo‘ling;
⭐ O‘zingiz va xatti-harakatlaringiz uchun javob bering;

Qoidalar bo‘limi:


1-bo‘lim. Ishtirokchini Loyihadan chetlatish uchun yetarlicha asos bo‘ladigan jiddiy qoidabuzarliklar;

  • 1.1 Loyihada qatnashsish bo‘yicha saralash intensivi bosqichida ishtirokni to‘xtatish tartibi.
  • 1.2 Asosiy ta’lim bosqichida Loyihada ishtirok etishni to‘xtatish tartibi.

2-bo‘lim. School 21ning umumiy qoidalar to‘plami

  • 2.1 Penalti (jarima) tayinlash uchun asos bo‘ladigan jiddiy qoidabuzarliklar toifalari
  • 2.2 Umumiy
  • 2.3 Saralash intensivi ishtirokchilari uchun qo‘shimcha umumiy qoidalar
  • 2.4 Kommunikatsiya
  • 2.5 School 21 hududi
    • 2.5.1 Buyumlar uchun xona (garderob)
    • 2.5.2 Klaster
    • 2.5.3 Muzokara xonalari / tadbirlar uchun joylar
    • 2.5.4 Qo‘shimcha qoidalar
  • 2.6 Oshxona va muzlatgich
    • 2.6.1 Oshxona hududi
    • 2.6.2 Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash
  • 2.7 Salomatlik va xavfsizlik
    • 2.7.1 Asosiy ta’lim ishtirokchilari uchun qo‘shimcha qoidalar
  • 2.8 Uskunalardan foydalanish
  • 2.9 Loyihada ishtirok etish
  • 2.10 Videokuzatuv

3-bo‘lim. Qayta ishlash

  • 3.1 Penaltini qayta ishlash bo‘yicha namunalar
  • 3.2 Penaltini qayta ishlash qoidalari

4-bo‘lim. Loyihada ishtirok etishda amal qilish zarur bo‘lgan asosiy tamoyillar




1-bo‘lim.

Ishtirokchini Loyihadan chetlatish uchun yetarlicha asos bo‘ladigan jiddiy qoidabuzarliklar.

1.1 Spirtli ichimliklar, giyohvandlik va mast qiluvchi moddalarni olib yurish/saqlash/tarqatish/iste’mol qilish, shuningdek, School 21 da alkogol, giyohvandlik, psixotrop yoki boshqa mastlik holatida bo‘lish (jumladan, foydalanish uchun ularni shkaf qutilarida/kiyim javonida/turli xil buyumlarda saqlash);
1.2 Qurol, portlovchi va yong‘inga xavfli moddalar, yonuvchi suyuqliklar, pirotexnika buyumlari, gaz ballonlari, shuningdek, zaharli va toksik moddalar, kesuvchi va o‘tkir tig‘li buyumlarni olib yurish/saqlash/tarqatish/foydalanish (jumladan, foydalanish uchun ularni shkaf qutilarida/kiyim javonida/turli xil buyumlarda saqlash);
1.3 School 21 hududida chekish (shu jumladan elektron sigaretalar va bug‘latgichlar), shuningdek chekishdan oldin bajariladigan harakatlar taqiqlanadi. Masalan, qo‘lbola sigaretalarni o‘rash, tamaki mahsulotlaridan foydalanish, yondirgichlarni stol ustida saqlash, elektron sigaretalarni yoqish va hokazo. Faqat ko‘chadagi maxsus belgilangan joylarda chekishga ruxsat beriladi.
1.4 Maktab hududida, chatlarda va boshqa kanallarda School 21 ning har qanday ishtirokchilari va xodimlarini jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, kamsitish, haqorat qilish, sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilish va boshqa g‘ayriinsoniy munosabatlar; zo‘ravonlik ishlatish, jinsiy aloqa qilishga majburlash, ta’qib qilish, hushtakbozlik qilish. Jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlikni ifodalovchi va din vakillarining diniy e’tiqodini tahqirlash maqsadida sodir etilgan har qanday ommaviy harakatlar qat’iyan ta’qiqlanadi.
1.5 Mushtlashuvlar va zo‘ravonlikning har qanday turi.
1.6 School 21 hududiga boshqa shaxslarning KTUT/Face ID/QR-kodi orqali kirishi va/yoki School 21 hududiga KNBT/Face ID/QR-koddan foydalanmasdan, mustaqil ravish o‘tish.
1.7 School 21 ishtirokchilari va/yoki xodimlariga tegishli shaxsiy ma’lumotlar, shuningdek, boshqa maxfiy ma’lumotlarning oshkor etilishiga olib keladigan harakat/harakatsizlikni amalga oshirish.

1.1 Loyihada qatnashish bo‘yicha saralash intensivi bosqichida ishtirokni to‘xtatish tartibi:

1.1.1 School 21 qoidalarining buzilganlik holati aniqlanganda, ishtirokchiga foydalanish huquqi bekor qilinishidan kamida 2 (ikki) kun oldin elektron pochta orqali saralash basseynida ishtirok etish to‘xtatilishi to‘g‘risida xabarnoma yuborilib, unda Sinovlarda ishtirok etishni to‘xtatish sababi va sanasi qayd etiladi. Ko‘rsatilgan sanadan ishtirokchining Loyiha platformalariga va School 21 binosiga kirish bo‘yicha barcha huquqlari to‘xtatiladi. Shartnoma unda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda bekor qilinishi lozim.
1.1.2 I-bo‘limda nazarda tutilgan qoidalar buzilgan taqdirda, Loyihada ishtirok etishni tiklashning imkoni bo‘lmaydi.

1.2 Asosiy ta’lim bosqichida Loyihada ishtirok etishni to‘xtatish tartibi:

1.2.1 School 21 qoidalarining buzilganlik holatlari aniqlanganda, ishtirokchiga foydalanish huquqlari bekor qilinishidan 10 kun oldin elektron pochta orqali Loyihada ishtirok etishni to‘xtatish bo‘yicha hujjatlar bilan birga xabarnoma yuboriladi, unda Loyihada ishtirok etishni to‘xtatish sababi va sanasi ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan sanadan ishtirokchining Loyiha platformalariga va School 21 binosiga kirish bo‘yicha barcha huquqlari to‘xtatiladi. Shartnoma unda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda bekor qilinishi lozim.
1.2.2 I-bo‘limda nazarda tutilgan qoidalar buzilgan taqdirda, Loyihada ishtirok etishni tiklashning imkoni bo‘lmaydi.


2-bo‘lim.

School 21ning umumiy qoidalar to‘plami.

Penalti – bu qoidalarni buzganlik va/yoki ADMning e’tirozlarini e’tiborsiz qoldirganlik uchun qo‘llaniladigan jarima. Uni qayta ishlash shakli ADM tomonidan belgilanadi va School 21 manfaatiga xizmat qiladi.

2.1 ️ Penalty tayinlash uchun asos bo‘ladigan jiddiy qoidabuzarliklar toifalari:

(takroriy qoidabuzarlik va o‘z vaqtida qayta ishlamaslik ta’limdan chetlashtirishga olib keladi)

2.1.1 Turli xil maxfiyliklarni (hisob qaydlari va parollar, kirish huquqini beruvchi tokenlar va h.k.) o‘z ichiga olgan manba kodini ommaviy repozitoriylarda e’lon qilishga olib kelgan harakat/harakatsizlikni amalga oshirish.
2.1.2 Loyiha topshiriqlarini School 21 ishtirokchilari va xodimlari bo‘lmagan shaxslarga Internet tarmog‘iga joylashtirish va boshqa usullar orqali tarqatishga olib kelgan harakat/harakatsizlikni amalga oshirish.


2.2 Umumiy qoidalar:

(Quyida keltirilgan qoidabuzarliklar uchun - ️2 soatdan yuqori penalti)

2.2.1 Loyihada ishtirok etish ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, umumiy fuqarolik me’yorlari asosida tartibga solinadi. 18 yoshga to‘lmagan ishtirokchilarning School 21 hududida faqat soat 10:00 dan 18:00 gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi.
2.2.2 Turniketlardan faqat Face ID/shaxsiy QR-koddan foydalangan holda, bir kishidan o‘tish mumkin.
2.2.3 Agar ishtirokchining passport va aloqa ma’lumotlari o‘zgargan bo‘lsa:

  • saralash intensivi ishtirokchilari uchun: o‘zgarish bo‘lgan kundan boshlab, 2 hafta mobaynida ishtirokchi o‘z kampusining ADM bo‘limiga ish vaqtida shaxsan murojaat qilishi va muhim ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
  • asosiy ta’lim ishtirokchilari uchun: o‘zgarish bo‘lgan kundan boshlab, 2 hafta mobaynida ma’lumotlarni Platformadagi shaxsiy kabinetida mustaqil ravishda yangilashi lozim.


2.3 Saralash intensivi ishtirokchilari uchun qo‘shimcha umumiy qoidalar:

2.3.1 Har bir ishtirokchiga Maqsadlar to‘g‘risida kelishuv tuzish bo‘yicha (intensivdan o‘tish) Oferta amal qilish muddatining butun davri uchun ikkita bilaguzuk (yashil – birinchi marta, qizil – qoidalar buzilgan taqdirda) beriladi.
2.3.2 Bilaguzukni ochiq holda yoki yeng ustidan taqish lozim. Faqat bilakka. Bilaguzuk yechish va uchinchi shaxslarga berish imkoniyati bo‘lmasligi uchun tanaga mahkam yopishib turishi kerak. Bilaguzukni butun intensiv davrida yechmasdan va qasddan shikastlamasdan taqish kerak.


2.4 Kommunikatsiya (muloqot)

2.4.1 School 21 hududida va uning har qanday aloqa kanallarida og‘zaki va yozma muloqot shaklida behayo so‘zlardan foydalanish taqiqlanadi.
2.4.2 Rocket.Chat korporativ messenjerining ish kanallarida (barcha ma’muriy kanallarda) erkin yozishmalarga ruxsat etilmaydi. @here yoki @all qo‘llash taqiqlanadi.
(qoidalar va qoidabuzarlik uchun javobgarlik havola orqali batafsil ko‘rsatilgan)


2.5 School 21 hududi

2.5.1 Buyumlar uchun xona (garderob) (qoidabuzarlik uchun - ️2 soatdan yuqori penalti):

School 21 qoldirilgan va yo‘qotilgan buyumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Garderop – bu kampusda bo‘lgan vaqtingizda buyumlarni vaqtincha saqlash joyi. Shuningdek, ADM har oyda bir marta garderopdan olib qo‘yilmagan barcha buyumlarni xayriya yoki boshqa maqsadlarda sarflash huquqiga ega.
2.5.1.1 Ilgichda faqat ustki kiyimlar, masalan, kurtkalar, paltolar va boshqalarni qoldirishga ruxsat beriladi.
2.5.1.2 Kampusda faqat bitta poyabzal juftligini saqlashga ruxsat beriladi.
2.5.1.3 Mebel yoki boshqa jihozlarda ularga zarar yetkazishi, ifloslantirishi mumkin bo‘lgan har qanday buyumlarni saqlamaslik shart.
2.5.1.4 Kampus hududiga qo‘pol/katta hajmli buyumlar bilan kirish mumkin emas. Istisno: kampusdagi ADM bilan kelishilgan holda, chamadon (uch kungacha saqlash muddati bilan) va/yoki snoubord/chang‘i (uch kungacha saqlash muddati bilan)ga ruxsat etiladi.
2.5.1.5 Ishtirokchilarga kampusning xodimlar uchun ajratilgan xonalariga, shuningdek, maxsus belgilar/yozuvlar bilan belgilangan boshqa hududlariga kirish taqiqlanadi. Aniqlik kiritish uchun kampusning ADM bo‘limiga murojaat qilish lozim.

2.5.2 Klaster (qoidabuzarlik uchun - 2 soatdan yuqori penalti):

O‘quv joylarida shaxsiy buyumlar qarovsiz qoldirilishi mumkin emas. ADM xodimlari o‘quv joylarini tekshirish va qoldirib ketilgan shaxsiy buyumlar aniqlanganda, ularni yo‘qolgan buyumlar uchun maxsus joyga saqlash uchun olib ketish huquqiga ega (saqlash muddati - 1 oy, muddat tugagach, yo‘qolgan buyumlar utilizatsiya qilinadi/xayriya qilinadi/kimoshdi savdosiga qo‘yiladi - ADM bo‘limi bu haqda maktab ishtirokchilarining umumiy kanalida ma’lum qiladi).
2.5.2.1 Klasterda bo‘lmagan vaqtda/kompyuter oldida bo‘lgan vaqtda har qanday buyumlarni (shu jumladan chiqindi) stollar, stullar/stul suyanchig‘i, deraza tokchalari, shuningdek, stollar ostida (istisno: ryukzaklar/sumkalarni maxsus ilgaklarga joylashtirish) qoldirish mumkin emas.
2.5.2.2 Klasterga ustki kiyim va iflos ko‘cha poyabzalida kirish mumkin emas.
2.5.2.3 Ish joyiga egalik qilish, bezatish va o‘z nomiga biriktirib qo‘yish uchun buyumlarni qoldirish taqiqlanadi.
2.5.2.4 Kompyuter stollari va deraza tokchalariga oziq-ovqat yoki ichimlik idishlarini (suyuqlik bilan/suyuqliksiz) qo‘yish taqiqlanadi.
2.5.2.5 Klasterda suvni qopqog‘i buraladigan idishdan ichish mumkin. Ichish uchun kompyuterdan uzoqlashish kerak. Idishni polga qo‘yishingiz yoki sumkangizga solishingiz mumkin.
2.5.2.6 Noutbuklardan faqat maxsus ajratilgan klasterlar va joylarda foydalanish mumkin. Zarur ma’lumotlarni kampus administratorlaridan aniqlashtirish mumkin.

2.5.3 Muzokara xonalari / tadbirlar uchun joylar (qoidabuzarlik uchun - ️ 2 soatdan ortiq penalti)

Muzokara xonalari/joyini kelishish uchun shaxsiy kabinetingizdagi Tadbir xizmati orqali Platformada tadbir belgilashingiz va kampusdagi band qilish xizmati yordamida joy band qilishingiz kerak (batafsil ma’lumotni adm kanali orqali olishingiz mumkin). Joylardan foydalanish imtiyozi boshqalardan avvalroq joy band qilgan ishtirokchiga beriladi.
2.5.3.1 Tadbirlarni tashkil etish va bunda School 21 xonalaridan foydalanish uchun ADM bilan kelishilish lozim.
2.5.3.2 Kichik hajmdagi muzokara xonalari kampusdagi boshqa xodimlarning ishdan tashqari vaqtlarida qisqa uchrashuvlar o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan. Katta muzokara xonalarini uzoq muddatga band qilish uchun kampusdagi ADM bo‘limiga murojaat qilish kerak.
2.5.3.3 Kichik hajmli muzokara xonalarida har qanday narsalarni (jumladan, chiqindini) qoldirish taqiqlanadi.
2.5.3.4 ADM bilan kelishmasdan/ular orqali band qilmasdan turib, muzokara xonalari/joylarini o‘ziga biriktirish taqiqlanadi.

2.5.4 Qo‘shimcha qoidalar (qoidabuzarlik uchun - ️2 soatdan ortiq penalti)

2.5.4.1 School 21da iflos, noxush hidli kiyimda, jihozlar va mebellarni ifloslantirishi mumkin bo‘lgan buyumlar bilan kelish mumkin emas.
2.5.4.2 Boshqa joyga ko‘chirilgan mebel va jihozlarni o‘z joyiga toza holda qaytarish lozim.
2.5.4.3 School 21 binosiga mehmonlarning tashrifi bilan bog‘liq qoidalar bilan havola orqali batafsil tanishish mumkin.
2.5.4.4 School 21 xonalarida konditsioner tizimi sozlamalarini o‘zgartirishga, shuningdek, derazalarni mustaqil ravishda ochishga ruxsat berilmaydi.
2.5.4.5 Elektron qurilmadan (telefon, kompyuter yoki boshqalar) biror narsani quloqchindan foydalanmasdan tinglash taqiqlanadi.
2.5.4.6 School 21ning barcha xonalarida uxlash taqiqlanadi.
2.5.4.7 School 21 klasterlari/ovqatlanish joylariga hayvonlarni olib kirish taqiqlanadi.
2.5.4.8 School 21 da qimor o‘yinlari/pul valyutasi ishtirokidagi o‘yinlar taqiqlanadi.


2.6 Oshxona va muzlatkich

2.6.1 Oshxona hududi:

2.6.1.1 Tushlik va tamaddi qilish faqat saralash intensivi yoki asosiy ta’lim ishtirokchilari uchun maxsus jihozlangan joylarda mumkin.
2.6.1.2 Ovqatlangandan so‘ng oshxonada yuvuqsiz, shu jumladan bir martalik idishlarni, chiqindi yoki ovqat qoldiqlarini qoldirish taqiqlanadi.
2.6.1.3 Stoldan turgan vaqtda, stol va stullarning tozaligiga ishonch hosil qilish kerak.
2.6.1.4 Yuvilgan idishlarni quritish uchun yuvish joyida yoki oshxonaning yuza qismida qoldirish mumkin emas. Quritish uchun maxsus jihozlangan ustunda/shkafda qoldirish mumkin.
2.6.1.5 Har bir idish va/yoki konteyner egasining logini bilan imzolangan bo‘lishi kerak. ADM har oy yoki chorakda bir marta barcha imzolanmagan va ishlatilmagan idishlarni xayriya yoki boshqa maqsadlarga topshirish huquqiga ega.
2.6.1.6 Mikroto‘lqinli pechda kuchli hidli mahsulotlarni isitish taqiqlanadi.
2.6.1.7 Oshxonada ishtirokchi tomonidan keltirilgan xom yoki yarim tayyor taomlarni mikroto‘lqinli pech yoki texnika yordamida qaynatish, qovurish taqiqlanadi.
2.6.1.8 Boshqa loyiha ishtirokchisining mahsulotlarini uning roziligisiz iste’mol qilish taqiqlanadi.

2.6.2 Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash:

2.6.2.1 Oshxona shkaflarida faqat tez buzilmaydigan mahsulotlarni germetik qadoqda yoki yopiq idishda saqlash mumkin.
2.6.2.2 Ovqatni yelim paket yoki germetik idishga qadoqlash kerak, muzlatgichda uni ifloslantirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni saqlash taqiqlanadi.
2.6.2.3 Kuchli hidli mahsulotlarni muzlatgichda zich yopilgan germetik idishda saqlash lozim.
2.6.2.4 Muzlatgich va shkaflarda saqlash uchun qoldirilgan barcha mahsulotlar (jumladan choy, ziravorlar, shakar) quyidagi shaklda imzolanishi shart: login va saqlash sanasi. Masalan: qwerty, 31.01-02.02.
2.6.2.5 Agar muzlatgichda joy yetarli bo‘lmasa, oziq-ovqatni shkafda zich, shaffof bo‘lmagan paketda qoldirish mumkin. Bunday holda, oziq-ovqat hid o‘tkazmaydigan (paketdan tashqari) germetik idishga qadoqlanishi va quyidagi shaklda imzolanishi kerak: login va saqlash sanasi. Masalan: qwerty, 31.01-02.02.
2.6.2.6 Har qanday turdagi mahsulotlarning saqlash muddati 1 oydan oshmasligi lozim.
2.6.2.7 School 21 kampusda belgilangan jadval asosida tozalash ishlarini olib borish va muzlatkichni imzolanmagan mahsulotlardan to‘liq bo‘shatish huquqiga ega. Muzlatgichdan tashqarida qoldirilgan barcha mahsulotlardan hamma foydalanishi mumkin bo‘ladi.


2.7 Salomatlik va xavfsizlik:

Ishtirokchi School 21 binosida joylashgan har qanday sport jihozidan foydalanish huquqiga ega, bunda School 21 ishtirokchining sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Sport jihozlarining nosozligi tufayli zarar yetish holatlari bundan mustasno.
2.7.1 Maktabning boshqa a’zolari sog‘lig‘iga xavf soluvchi kasalliklar, shuningdek, o‘tkir respirator kasallik alomatlari (harorat 37°C va undan yuqori, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, holsizlik, tumov, yo‘tal, nafas olish qiyinlashuvi) bo‘lgan taqdirda, School 21 ga kelish taqiqlanadi.
2.7.2 Agar siz 14 kundan kamroq vaqt oralig‘ida respirator infeksiyasi (nafas yo‘llari infeksiyasi) bilan og‘rigan bemor bilan aloqada bo‘lgan bo‘lsangiz, School 21ga tashrif buyurish taqiqlanadi.
2.7.3 Agar School 21 jamoasi a’zosi istalgan xonadan chiqishni so‘rasa, ishtirokchi darhol xonani tark etishi kerak.

2.7.1 Asosiy ta’lim ishtirokchilari uchun qo‘shimcha qoidalar:

2.7.1.1 To‘liq sog‘aygandan so‘ng va tibbiyot tashkiloti tomonidan berilgan tasdiqlovchi hujjat (bundan keyin – ma’lumotnomalar) taqdim etilgandan so‘ng School 21 ga qatnashni davom ettirish mumkin. Muddatni (Maqsadli ta’lim darajalariga erishish muddatini) uzaytirish masalasini ko‘rib chiqish uchun ma’lumotnoma taqdim etish muddati - ma’lumotnoma yopilgan sanadan boshlab 14 kalendar kun. Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan ma’lumotnomalar ko‘rib chiqilmaydi.
2.7.1.2 Kasallikning davomiyligi 14 kungacha bo‘lgan ma’lumotnoma taqdim etilganda, eng yaqin muddatning surilishi ko‘rib chiqiladi. Kasallikning davomiyligi 14 kundan ortiq bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etilganda, barcha keyingi muddatlarni o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
2.7.1.3 Faqat to‘liq sog‘aygandan so‘ng School 21 ga qatnashni davom ettirish mumkin.


2.8 Uskunalardan foydalanish (qoidabuzarlik uchun - 2 soatdan ortiq penalti)

2.8.1 Xodimlarning fikriga ko‘ra, School 21ning doimiy faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan, Loyihada ishtirok etishda kamchiliklarni yuzaga keltiradigan, adolatsiz hisoblangan, School 21 ning obro‘siga putur yetkazadigan, uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlarini buzadigan xatti-harakatlar taqiqlanadi.
2.8.2 Kompyuterda ochiq sessiyani nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
2.8.3 School 21 hisobidagi login va parollarni begona shaxslarga berish, shuningdek, boshqalarning login va parollaridan foydalanish taqiqlanadi.
2.8.4 Kompyuterlarni o‘chirish, simlar, klaviaturalarni uzish, kompyuter ekranini almashtirish taqiqlanadi. Kompyuterni qayta ishga tushirish o‘chirish bilan tenglashtiriladi.
2.8.5 Quyidagi shaxsiy qurilmalarni kompyuterlarga ulash mumkin emas (ruxsat etilgan klasterlardan tashqari, ADMdan batafsil ma’lumot oling): shaxsiy mobil qurilmalar (telefonlar, smartfonlar, planshet kompyuterlar, noutbuklar) va Internet hamda boshqa ommaviy tarmoqlarga ulanish imkonini beruvchi boshqa uskunalar. Zarur hollarda quyidagi shaxsiy qurilmalarni kompyuterlarga (kampus qurilmalarini uzmagan holda) ulashga ruxsat beriladi: klaviaturalar, kompyuter sichqonchalari, quloqchinlar, tashqi qurilmalar.
2.8.6 School 21 kompyuterlarida o‘ynash, filmlar ko‘rish va Loyihada ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullanish mumkin emas.

2.9 Loyihada ishtirok etish (qoidabuzarlik uchun - 2 soatdan ortiq penalti)

(qoidalar va qoidabuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risida batafsil ma’lumot havola orqali keltirilgan)
2.9.1 Loyiha davomida aldash taqiqlanadi. Quyidagilar aldash hisoblanadi: ishtirokchining loyihasi avvalgi boshqa ishtirokchi topshirgan loyihadan to‘liq ko‘chirib olingan bo‘lsa, tekshiruv paytida ishtirokchi o‘z loyihasida nima sodir bo‘lishini tushuntira olmasa yoki kodning biror qismidagi funksionallikni tushuntira olmasa.
2.9.2 Guruh loyihasini himoya qilishda jamoa to‘liq tarkib bilan kelmagan taqdirda, 0 qo‘yiladi.
2.9.3 Asosiy ta’lim ishtirokchilariga saralash intensivi ishtirokchilari bilan muloqot qilish, shu jumladan intensiv ishtirokchilarining muloqot uchun mo‘ljallangan kanallaridan foydalanish taqiqlanadi.
2.9.4 Tekshirilgan va baholangan loyihalar tanlab olinib, School 21 xodimlariga qayta tekshirish uchun yuborilishi mumkin. School 21 xodimlari tomonidan bahoning xolis bahodan sezilarli darajada (25-30%) farqlanishi aniqlangan taqdirda, tekshirilayotgan va tekshiruvchi pirga quyidagilar tayinlanadi:

  • Tekshiriluvchi Penalti (“cheating” belgisi bilan) oladi va 2 ta peer review points yo‘qotadi
  • xolis bo‘lmagan tekshiruv o‘tkazgan va natijani oshirib ko‘rsatgan tekshiruvchi pir ham penalti oladi (“ayiq xizmati” belgisi bilan).
    “Aldash” yoki “ayiq xizmati” belgisi qo‘yilgan uchta penalti olish loyihada ishtirok etishni to‘xtatishga olib keladi.


2.10 Videokuzatuv

2.10.1 School 21 hududida ishtirokchilar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida doimiy ravishda videokuzatuv olib borilib, vaqtinchalik yozib olinadi va vaqti-vaqti bilan video hisobotlar suratga olinadi.
2.10.2 Ishtirokchilarga ahamiyatsiz yoki kichik qoidabuzarliklar, shu jumladan biror narsa yo‘qolgan taqdirda, ADM ruxsatisiz videokuzatuv yozuvlari taqdim etilmaydi.


3-bo‘lim. Qayta ishlash.

Penalti – bu qoidalarni buzganlik va/yoki ADMning e’tirozlarini e’tiborsiz qoldirganlik uchun tayinlanadigan jamoat ishlari. Uni qayta ishlash shakli ADM tomonidan belgilanadi va School 21 manfaatlariga xizmat qiladi.
Qoidani buzganlik uchun Penalti olgan bo‘lsangiz, uni qayta ishlash muddati davomida hisobingiz bloklanadi. Ishtirokchi qayta ishlashga yozilgandan so‘ng, u qayta ishlashning barcha shartlariga rioya qilgan va ADM tomonidan tekshirilgan holda Loyihada ishtirokini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Agar ishtirokchi muntazam ravishda (3 martadan ortiq) qoidalarni buzsa (penalti olsa) yoki jiddiy qoidabuzarlik sodir etsa, School 21 rahbariyati ishtirokchini maktabdan chetlatish huquqiga ega.

3.1 Penaltini qayta ishlash namunalari

3.1.1 Kompyuter ekranlarini artish;
3.1.2 Klaviatura va sichqonchalarni tozalash;
3.1.3 Kampusni tadbir/bayram munosabati bilan tayyorlash;

3.2 Penaltini qayta ishlash qoidalari

3.2.1 Belgilangan kunda qayta ishlashga kelmaslik – jarima miqdorini ikki baravar oshiradi.
3.2.2 Belgilangan qayta ishlash sanasini faqat uzrli sabablarga ko‘ra (kasallik, yaqinlarning o‘limi, ta’lim muassasasiga chaqiruv, sessiya) ko‘chirish mumkin. Agar sana faqat ro‘yxatdan o‘tish uchun tanlangan bo‘lsa, uni ko‘chirish mumkin emas.
3.2.3 Qayta ishlash sanasini ishtirokchi ixtiyoriy ravishda School 21 platformasida tanlaydi. Agar qayta ishlash uchun bo‘sh joylar bo‘lmasa, ADMga murojaat qilish zarur.
3.2.4 Qayta ishlash belgilangan vaqtda boshlanadi. Hatto bir daqiqa kechikish ham penaltining ikki baravar ko‘payishiga olib keladi.
3.2.5 Qayta ishlashni ko‘chirish bir kun oldin bu haqida ADMga xabar berilgandan va tasdiqnoma olingandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
3.2.6 Agar fors-major holati yuzaga kelsa, penaltini qayta ishlash boshlanishidan kamida 1 (bir) soat oldin bu haqida ADMga yozish zarur.


4-bo‘lim

Loyihada ishtirok etishda amal qilish zarur bo‘lgan asosiy tamoyillar:
4.1 School 21ning asosiy maqsadi – o‘qish davrida sizni sohaning yuqori malakali mutaxassisiga aylantirishdir. Buning uchun siz Loyihadagi ishtirokingizning birinchi kunidan oxirgi kunigacha ko‘nikmalaringizni rivojlantirish uchun ko‘plab loyihalarda ishtirok etishingiz kerak bo‘ladi. Har qanday qiyinchilikni yengishga tayyor turing.
4.2 Loyihada ishtirok etish davomida mustaqil bo‘lishingiz kerak. School 21 ishtirokchiga o‘z vaqtini tashkil etishda to‘liq erkinlik imkoniyatini beradi. Bilimlar o‘z-o‘zidan kelishini kutmang, siz Loyihada ishtirok etishni boshlagan daqiqangizdan qiziqarli ta’limning qahramoniga aylanasiz. Sizga kasbiy faoliyatingiz davomida qisqa vaqt ichida katta hajmdagi bilimlarni egallash uchun yagona imkoniyat beriladi.
4.3 Intizom – bu sizning mas’uliyatingiz. Loyiha sizning qo‘lingizga tushgach, yoningizda sizga yo‘nalish beradigan yoki nazorat qiladigan hech kim bo‘lmaydi, hammasini o‘zingiz to‘liq va mustaqil bajarishing kerak bo‘ladi. Bizda “deyarli bajarilgan loyihalar” bo‘lmaydi. Tafsilotlarga e’tibor bering. Yagona ishonchli ma’lumot manbai – School 21 jamoasi, boshqa “biror narsa haqida eshitgan”larga ishonmang.
4.4 Siz barcha topshiriqlarni bajarishingiz kerak. School 21 sizning oldingi bilimlaringizga tayanmasdan, bilim va ko‘nikmalarni noldan boshlab egallash imkoniyatini beradi. Har bir topshiriq – Loyihada ishtirok etishning zaruriy bosqichidir. Oldingi vazifani bajarmasdan turib, murakkabroq vazifani bajara olmaysiz, chunki doimiy amaliyot School 21dagi yagona yo‘ldir va u oson bo‘lmaydi.


25.05. 2025-yildagi tahrir.