School 21
Aqlli qurilmalarni dasturlash
Frontend (HTML, CSS, JS, TS)
DevOps
Tarmoqlar va tizimni boshqarish
Kompyuter grafikasi va GameDev (UNITY)
Operatsion tizimlarni ishlab chiqish
Veb dasturlash
Backend (C#, Java/Kotlin, Python, Go)
Mobil ishlanmalar (Kotlin, Swift)
DT arxitekturasi
Kiberxavfsizlik
Algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalari
Ma’lumotlar bazasi
Machine Learning va ma’lumotlarni tahlil qilish (Python)
Loyiha menejmenti
UX/UI dizayn
Bioinformatika
C
C++
С#
Java
GO
Swift
Python
SQL
JavaScript
Kotlin
TS
Loyihalarni o‘z vaqtida topshirish va boshqa ishtirokchilarning ishlarini tekshirish uchun siz kunni o‘zingiz rejalashtirasiz, bo‘sh vaqtingizni o‘zingiz boshqarasiz. Biz vaqtlarnii belgilab, kompyuter bilan ish joyini va 24/7 rejimda ochiq bo‘lgan qulay kampusni beramiz. Qolgan hammasi - sizning qo‘lingizda.
Odatiy darslar va ma’ruzalar bo‘lmaydi. Buning o‘rniga, har bir kishi boshqa sherigidan o‘rganadigan peer-to-peer (P2P) usuli qo‘llaniladi. Hamma ishtirokchilarning bilim darajasi va o‘rganish tezligi har xil. Jamoa bo‘lib ishlang, bilimlaringizni almashing va o‘zingiz kabilardan tajriba oling. Barcha ishtirokchilar teng.
Vazifalarni bajaring va tajriba to‘plang, mahoratingizni oshiring va bosqichma-bosqich oldinga siljiting. Mukofot olish va boshqa talabalarning loyihalarini ko‘rib chiqib, ball olish uchun School 21 mashg‘ulotlariga qatnashing. O‘sish darajalaringizni aniqlash va oldinga intilish uchun natijalaringizni boshqa ishtirokchilar natijalari bilan taqqoslab ko‘rishingiz mumkin.
1 ta onlayn o‘yin – o‘zingizni haqiqiy vazifalarni hal qiluvchi dasturchi rolida sinab ko‘ring. Qoidalarni mustaqil ravishda tushunib, 90 daqiqa davomida zarur miqdordagi XP to‘plashingiz lozim.
Ta’lim haqida ma’lumotlar beramiz. Har qanday savollarga javob beramiz. Barcha shubhalarga o‘rin qoldirmaymiz. Uchrashuv vebinar formatida bo‘lib o‘tadi.
≈ 1 soat
14 kunlik intensiv davomida IT dunyosiga sho‘ng‘iysiz, 11 ta loyiha tayyorlaysiz va bu soha sizga qanchalik mosligini tushunib yetasiz. Bu ko‘p kuch va harakat talab etiladigan murakkab bosqichdir. Shuning uchun o‘qish, ish va boshqa faoliyatlardan ta’til olish yoki tanaffus qilishingizni maslahat beramiz.
O‘qish intensivdan bir necha hafta o‘tgach boshlanadi. Ixtisoslashuv, dasturlash tillari va grafik — ishtirokchining tanlovi bo‘yicha. Darslarni ish yoki OTM-dagi o‘qish bilan birlashtirish mumkin.Low-code dasturlarini o‘zlashtirishga 6 oydan 1,5 yilgacha, ishlab chiquvchi dasturlarini o‘zlashtirishga esa 1,5-3 yilgacha vaqt talab etiladi.
Ishtirokchilar dasturlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini tasdiqlovchi asosiy yoki yuqori darajadagi davlat diplomiga ega bo‘ladilar.
School 21 bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan keyin ham bir-birlari bilan aloqada bo‘lishadi: tajriba almashishadi, IT yangiliklari bilan o‘rtoqlashishadi, ish va loyihalarda yordam berishadi. Hamjamiyatimizga qo‘shiling.
School 21 ishtirokchilari dasturlash yoki raqamli texnologiyalarning boshqa sohalarida amaliy ko‘nikmalarini tasdiqlovchi asosiy yoki yuqori darajali davlat namunasidagi diplomga ega bo‘ladilar. Ushbu hujjat mehnat bozorida raqobatbardosh ustunlikni ta’minlab, IT yo‘nalishidagi yirik kompaniyalar va yuqori texnologiyali sohalarda ishlash uchun imkoniyat yaratadi.
School 21 dasturi har qanday malaka darajasidagi ishtirokchilarga ham to‘g‘ri keladi. Raqamli texnologiyalar sohasida yo‘lini endi boshlayotganlar yangi kasbni noldan o‘zlashtirishlari, amaliyot o‘tayotgan mutaxassislar esa o‘z malakalarini oshirishlari yoki yo‘nalishni o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.
School 21 o‘qish paytida har bir ishtirokchi majburiy stajirovkadan o‘tadi - 3 oy davomida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlaydi. School 21 uchun IT-kompaniyadagi amaliyot - o‘quv loyihasi hisoblanadi. Ishtirokchi amaliyot uchun kompaniyani o‘zi tanlaydi va uning shartlari borasida kelishib oladi. Agar yordam kerak bo‘lsa, School 21 yordam beradi:
School 21 ishtirokchilarining 100 foizi amaliyotga chiqadi, va ularning 95 foizi bugungi kunda doimiy ish takliflarini olishgan.
Maydoni 4 000 m² boʻlgan Samarqand kampusi «Registon», «Ulugʻbek», «Sherdor» va «Tillaqori» kabi 4 ta oʻquv klasterini birlashtirgan. Kampus ishtirokchilar uchun tunu kun ochiq. Bu yerda ular raqamli texnologiyalar sohasida yuksalish, hamfikrlar jamoasini tashkil etish va o‘qish uchun zarur bo‘lgan hamma qulay narsani topadilar.
Samarqand kampusi infratuzilmasi quyidagilardan iborat:
Toshkent shahridagi School 21 kampusi 8100 m² maydonni egallagan va ushbu 10 ta o‘quv klasterini o‘z ichiga olgan: «Toshkent», «Samarqand», «Buxoro», «Xiva», «Qo‘qo», «Shahrisabz», «Termiz», «Nukus», «Jizzax» va «Andijon». Kampus 24/7 rejimda, jumladan bayram va dam olish kunlari ham ochiq. Bu ishtirokchilarga ta‘lim yo‘lini mustaqil ravishda belgilash orqali, o‘zi uchun qulay vaqtda o‘qish imkonini beradi.
Kampus infratuzilmasi quyidagicha:
Rahmat!
School 21 qabul qilish bo'yicha ko'rsatmalar ko'rsatilgan pochtaga yuborildi.
Shunday qilib, siz intensiv kursdan o‘tdingiz va endi asosiy kursga tayyorsiz. Sizni nima kutmoqda? Dastlabki 12–15 oy ichida siz tizimli dasturlash (C), obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (C++), kompyuter tarmoqlari, algoritmlar, ma’lumotlar bazalari (SQL) va amaliy dasturlash (Java, Pytho, Golang, C#) kabi sohalardagi loyihalarga kirish imkoniga ega bo‘lasiz. Bu muddatdan keyin siz 3 oylik majburiy amaliyotni boshlaysiz. Siz amaliyot o‘tash uchun kompaniyani tanlaysiz.
Nega stajirovkadan qaytish? Murakkab va qiziqarli loyihalar orqali yangi tillar va sohalarni o‘rganish orqali bilimlaringizni kengaytirish va chuqurlashtirish. Oxirida nima bor? Siz tanlagan mutaxassislik bo‘yicha loyihalarni tugatganingizdan so‘ng asosiy darajadagi sertifikat olasiz. Yuqori darajadagi sertifikatni olish uchun siz uchta mutaxassislik bo‘yicha loyihalarni bajarishingiz kerak. O‘qishni tugatganingizdan so‘ng siz bitiruvchi va School 21i hamjamiyatining a’zosiga aylanasiz.
Bizda qobiliyatlar maktab yoki oliy ta’limdagi baholarga qarab belgilanmaydi, shuning uchun sizdan attestat yoki oliy ma’lumot bo‘yicha diplom talab etilmaydi. Buning o‘rniga, onlayn o‘yindan o‘tishni taklif qilamiz, chunki IT mutaxassisi uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar ana shu yo‘l bilan aniqlanadi.
O‘yindan so‘ng maktab jamoasi bilan uchrashuvda ishtirok etishingiz lozim. Ushbu uchrashuv tanlovingizga ko‘ra, vebinar shaklida yoki bevosita kampusning o‘zida o‘tkaziladi. Uchrashuvlar jadvalini shaxsiy kabinet orqali ko‘rish mumkin. Uchrashuvda qabul va o‘qish jarayoni haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Hujjatlarni topshirgach, ta’limning sinov davri hisoblangan 14 kunlik intensiv boshlanadi. Saralash intensivini muvaffaqiyatli yakunlagan eng iqtidorli va intiluvchan ishtirokchilar School 21ga qabul qilinadi.
Hamma iqtidorli insonlar sifatli ta’lim olish uchun moliyaviy imkoniyatga ega emas. Biz har bir iqtidorli insonga bunday imkoniyatni taqdim etamiz.
Biz mutaxassislarning keyingi avlodini tarbiyalashda yordam berish orqali kelajagimizni shakllantirish sharafiga ega bo‘lganimizdan faxrlanamiz.
Saralash intensiviga tayyorgarlik ko‘rib bo‘lmaydi. Asosiysi, boshlashdan oldin yaxshilab dam olish. Intensiv davrida vaqtingizni oqilona boshqaring, ish yukingizni teng taqsimlang va tirishqoqlik bilan harakat qiling. Ish yukingizni sog‘lom uyqu va to‘g‘ri ovqatlanish bilan muvozanlashni unutmang. Xotirjamlik va omad tilaymiz!
18 yosh va undan katta yoshdagi har bir kishi ushbu maktabga yozilishi mumkin, yuqori yosh bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Ota-onalarning yozma ruxsati bilan va maktabning roziligi bilan 17 yoshdan oshganlar malakaviy intensiv mashg‘ulotlarda qatnashishi mumkin. Agar men parallel ravishda o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsam, saralash intensivida ishtirok eta olamanmi?
Agar saralash intensiviga siz to‘liq to‘rt haftani bag‘ishlay olmasangiz, qabulni keyingi yilga qoldirishingizni maslahat beramiz.
Agar saralash bosqichiga 14 kunni to‘liq ajrata olmasangiz, o‘qishga topshirishni keyingi davraga qoldirishni maslahat beramiz.
Dasturlash ko‘nikmalaringiz darajasi hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Boshidanoq hamma teng darajada bo‘ladi.
Bizning va boshqa mamlakatlarda ushbu metodologiya bilan ishlagan bitiruvchilarimiz tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lmagan qobiliyatli ishtirokchilar dasturlash bo‘yicha oldin tajribaga ega bo‘lganlarga tezda yetib olishadi. Tabiiyki, agar siz ilgari hech qachon kompyuter ishlatmagan bo‘lsangiz, o‘qish siz uchun juda qiyin bo‘ladi. Ammo bu holatda imkonsiz narsani o‘zi yo‘q.
Albatta, Loyiha menejeri dasturi asosiy ta’limda mavjud va o‘zlashtirish tezligiga qarab, taxminan 8-9 oy davom etadi.
Asosiy ta’limda loyihalarni masofadan topshirish va masofadan turib tekshirish mumkin. Ammo imtihonlarni topshirish uchun siz School 21 ga kelib, shaxsan ishtirok etishingiz kerak, chunki o‘quv jarayonining asosiy qismi boshqa ishtirokchilar bilan bevosita aloqada o‘tadi.
Bitiruvchilarimiz School 21da o‘qishni yakunlaganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplomga ega bo‘ladilar.
Samarqand kampusida boshqa shahar yoki mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar uchun yotoqxona berilishi mumkin. Yotoqxona narxi oyiga 100 000 so‘m. Yashash joyining shart-sharoitlari haqida jamoa bilan bo‘ladigan vebinarda ko‘proq ma’lumot taqdim etiladi.
Hammasi sizga bog‘liq. School 21 24/7 rejimida ishlaydi, shuning uchun har kim o‘zi uchun kunning eng samarali vaqtida ishlashi mumkin. Qanday bo‘lmasin, dasturni muvaffaqiyatli tamomlashingiz uchun siz haftasiga kamida 20 soatni o‘qishga bag‘ishlashingiz kerak bo‘ladi.
Ta’lim jadvali individual bo‘lganligi sababli, ishlab chiquvchi yo‘nalishidagi dasturlarni o‘zlashtirish ta’limga sarflagan soatlaringiz miqdori va erishmoqchi bo‘lgan darajangizga (Junior yoki Middle) qarab 1,5 yildan 3 yilgacha davom etishi mumkin. Boshqa yo‘nalishlardagi dasturlarni o‘zlashtirish uchun esa 6 oydan 1,5 yilgacha vaqt talab etiladi.
Ishtirokchilarimizning uchdan bir qismi School 21 da o‘qishni universitetda o‘qish bilan, yana uchdan bir qismi ish bilan birgalikda olib ketishadilar. Rostini aytamiz - bu oson emas, lekin imkoni bor. Sifatli o‘rganish va ishlash uchun bitta freelance yoki part time ishiga ega bo‘lish maqbul hisoblanadi.
Shuningdek, o‘qish paytida sizda 3 oy davom etadigan bitta amaliyot bo‘ladi.
Uchrashuvlar onlayn tarzda o’tkaziladi
School 21 armiyadan kechiktirish shartlarini ta’minlamaydi, lekin biz, albatta, armiyadagi yigitlarimizni kutamiz.
School 21 platformasidagi interfeys va topshiriqlar ingliz tilida , bu ishtirokchiga til amaliyoti va texnik ingliz tilini o‘qishda foydali mahoratga ega bo‘lish imkonini beradi. Ammo ingliz tilini o‘qish va tushunish qobiliyatiga ega bo‘lmaganlar uchun barcha vazifalar rus tilida takrorlanadi.
Ha, albatta. Bizda har qanday fuqarolikka ega ishtirokchilarni qabul qilishda cheklov yo‘q. Ishtirokchilar barcha viza masalalarini mustaqil ravishda hal qilishadi.
Bitta akkauntdan faqat bir marta o‘yinda qatnashish imkoni mavjud, ammo “hovuz”ga kirish uchun urinishlar soni cheklanmagan.